SUN’IY INTELLEKT ASOSIDAGI MOBIL ILOVALAR
Keywords:
Kalit so‘zlar: Sun’iy intellekt, mobil ilova, AI texnologiyalari, “Vocabulary” mobil ilovasi, “AI Yordamchi” mobil ilovasi, adaptiv ta’lim, mashinali o‘qitish, mobil dasturlash, bolalar uchun ilova, raqamli ta’lim, Android Studio.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada sun’iy intellekt elementlari qo‘shilgan mobil ilovalarning rivojlanish tarixi, zamonaviy jamiyatdagi o‘rni hamda ta’lim tizimidagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot davomida sun’iy intellekt asosida ishlovchi mobil ilovalarning imkoniyatlari, ularning foydalanuvchilar uchun qulayliklari va amaliy samaradorligi tahlil qilindi. Shuningdek, ushbu maqola doirasida sun’iy intellekt elementlari qo‘shilgan ikkita mobil ilova ishlab chiqildi. Birinchi loyiha — xorijiy til o‘rganishga mo‘ljallangan “Vocabulary” mobil ilovasi bo‘lib, unda foydalanuvchilarning bilim darajasini aniqlash va mos topshiriqlarni tavsiya qilish uchun sun’iy intellekt algoritmlaridan foydalanildi. Ikkinchi loyiha esa maktab yoshidagi bolalar uchun mo‘ljallangan “AI Yordamchi” mobil ilovasi bo‘lib, unda AI elementlari yordamida bolalarning bilim olish jarayonini qiziqarli va interaktiv shaklda tashkil etish imkoniyati yaratildi.