KOGNITIV TILSHUNOSLIK NUQTAI NAZARIDAN ISPAN VA O‘ZBEK TILLARIDA “ODAM” KONSEPTINING METAFORIK TASVIRI
Keywords:
Kalit so‘zlar: kognitiv tilshunoslik, konsept, odam konsepti, konseptual metafora, metaforik tasvir, lingvomadaniyat, semantika, paremiologiya, frazeologiya, verbalizatsiya, milliy mentalitet, ispan tili, o‘zbek tili, kognitiv semantika, obrazlilik.Abstract
Mazkur maqolada kognitiv tilshunoslik nuqtai nazaridan ispan va o‘zbek tillarida “odam” konseptining metaforik tasviri qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida inson obrazi bilan bog‘liq konseptual metaforalar, ularning semantik tuzilishi hamda lingvomadaniy xususiyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, maqol, matal, frazeologik birliklar va badiiy matnlarda “odam” konseptining qanday metaforik vositalar orqali ifodalanishi tahlil qilinadi. Inson xarakteri, ruhiyati, axloqiy fazilatlari va ijtimoiy munosabatlarining hayvon, tabiat, rang, tana a’zolari hamda predmet obrazlari orqali verbalizatsiya qilinishi ochib beriladi. Tadqiqot natijasida ispan va o‘zbek xalqlarining milliy tafakkuri, mentaliteti va madaniy qadriyatlari konseptual metaforalar orqali namoyon bo‘lishi aniqlanadi.