YUQORI SINF O‘QUVCHILARINI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISHNING INNOVATSION USUL VA METODLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: kasb-hunarga yo‘naltirish, yuqori sinf o‘quvchilari, innovatsion metodlar, kasb tanlash, motivatsiya, qobiliyat, shaxsiy rivojlanish, kasbiy diagnostika, raqamli ta’lim, interaktiv metodlar, treninglar, loyihaviy ta’lim, kompetensiya, mehnat bozori, kasbiy o‘zini anglash, pedagogik yondashuv.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada yuqori sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirishning innovatsion usul va metodlari tahlil qilinadi. Kasb tanlash jarayonida o‘quvchilarning shaxsiy qiziqishlari, qobiliyatlari, psixologik xususiyatlari va motivatsiyasining o‘rni yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, raqamli platformalar, kasbiy diagnostika testlari, interaktiv treninglar va loyihaviy ta’lim kabi innovatsion yondashuvlarning kasbga yo‘naltirish samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ochib berilgan. Maqolada yuqori sinf o‘quvchilarining ongli kasb tanlashini ta’minlash, ularning kasbiy o‘zini anglashini rivojlantirish hamda zamonaviy mehnat bozoriga mos kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan samarali metodlar tahlil qilingan.