YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGINI TA’LIM JARAYONIDA O‘QITISHNING INNOVATSION METODLARI VA O‘QUVCHILARNING XAVFSIZ HARAKAT MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-AMALIY JIHATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Yo‘l harakati xavfsizligi, innovatsion ta’lim metodlari, interfaol o‘qitish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xavfsiz harakat madaniyati, pedagogik texnologiyalar, o‘quvchi faolligi, amaliy mashg‘ulotlar, yo‘l qoidalari, kompetensiyaviy yondashuv.Abstract
Ushbu mavzu yo‘l harakati xavfsizligini ta’lim jarayonida o‘qitishning innovatsion metodlarini tahlil qilish hamda o‘quvchilarda xavfsiz harakat madaniyatini shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlarini yoritishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interfaol ta’lim usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish hamda real hayotiy vaziyatlarga asoslangan o‘qitish modellari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning yo‘l harakati qoidalarini ongli ravishda qabul qilishi, ularni amaliy hayotda to‘g‘ri qo‘llay olishi va xavfsiz xulq-atvor ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Innovatsion metodlar orqali o‘quvchilarning faolligi oshirilishi, dars jarayonining samaradorligi kuchaytirilishi hamda xavfsiz harakat madaniyatini shakllantirishga erishish imkoniyatlari asoslab beriladi.