TERMINAL DAVRDA BEMORLARDA HAMSHIRALIK PARVARISHINING MAQSADI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Terminal davr, hamshiralik parvarishi, palliativ yordam, bemor parvarishi, hayot sifati, og‘riqni boshqarish, simptomatik davolash, psixologik yordam, ma’naviy qo‘llab-quvvatlash.Abstract
Ushbu maqolada terminal davrda bo‘lgan bemorlarga hamshiralik parvarishini tashkil etishning maqsadi, vazifalari va ahamiyati yoritilgan. Terminal davr inson hayotining yakuniy bosqichi bo‘lib, bu davrda bemorlarning jismoniy, ruhiy, ijtimoiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish alohida ahamiyat kasb etadi. Hamshiralik parvarishining asosiy maqsadi bemorning og‘riq va noqulayliklarini kamaytirish, hayot sifatini yaxshilash hamda bemor va uning yaqinlariga psixologik yordam ko‘rsatishdan iborat. Maqolada palliativ yordam tamoyillari, terminal holatdagi bemorlarda kuzatiladigan muammolar va ularni bartaraf etishda hamshiraning roli ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, bemorlarning qadr-qimmati va insoniy huquqlarini hurmat qilgan holda sifatli parvarish ko‘rsatishning zamonaviy yondashuvlari bayon etilgan.