IJTIMOIY SOLIQ BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH VA UNI RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Authors

  • Norboyev Bobomurod Abduraim o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Ijtimoiy soliq, 21-sonli BHMS, my.soliq.uz, mehnatga haq to‘lash fondi, sub-schyot, raqamlashtirish, buxgalteriya provodkalari.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ijtimoiy soliq hisobini yuritishning amaldagi uslubiyoti, mehnatga haq to‘lash jamg‘armasidan soliq va ajratmalarni hisoblashdagi muammolar hamda ularni raqamli platformalar yordamida optimallashtirish masalalari tadqiq etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda 21-sonli BHMS o‘rtasidagi nomuvofiqliklar tahlil qilinib, ijtimoiy soliq majburiyatlarini dynamic monitoring qilish uchun yangi buxgalteriya sub-schyotlari va hisob registrlari modeli taklif etilgan. Tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan tavsiyalar korxonalarda soliq risklarini kamaytirish va hisobot aylanmasini avtomatlashtirishga xizmat qiladi.

Published

2026-06-07