OROL DENGIZINING QURIG‘AN TUBI TUPROQ QOPLAMINING BIOLOGIK XOSSALARI VA ULARNING TUPROQ-EKOLOGIK OMILLAR TA’SIRIDA O‘ZGARISHI
Abstract
Orol dengizining qurishi insoniyat tarixidagi eng yirik antropogen ekologik falokatlardan biri sifatida e’tirof etiladi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Amudaryo va Sirdaryo suv resurslarining keng ko‘lamda sug‘oriladigan dehqonchilik ehtiyojlari uchun jalb qilinishi natijasida dengizga kelib tushadigan suv miqdori keskin qisqardi. Bu esa Orol dengizi sathining pasayishiga, suv hajmining kamayishiga va dengiz akvatoriyasining katta qismi qurib qolishiga sabab bo‘ldi. Natijada bir necha million gektar maydonda yangi quruqliklar vujudga kelib, hozirgi kunda “Orolqum” deb ataluvchi antropogen cho‘l shakllandi.
Downloads
Published
2026-06-08
Issue
Section
Articles