NUTQNING YOSH OMILIGA KO‘RA XOSLANISHI: SOTSIOLINGVISTIK TAHLIL
Keywords:
Kalit so‘zlar: nutq, yosh omili, sotsiolingvistika, yoshga xos nutq, bolalar nutqi, o‘smirlar nutqi, kattalar nutqi, kommunikativ xulq, ijtimoiy omil.Abstract
Ushbu maqolada nutqning yosh omiliga ko‘ra xoslanishi sotsiolingvistik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Inson nutqi faqat individual tafakkur mahsuli emas, balki yosh, jins, ijtimoiy maqom, ta’lim darajasi, kasbiy muhit va kommunikativ vaziyat bilan bog‘liq ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, yosh omili nutqning fonetik, leksik, grammatik, pragmatik va uslubiy xususiyatlarida sezilarli farqlarni yuzaga keltiradi. Bolalar nutqida sodda sintaktik qurilmalar, takroriy birliklar va emotsional ifodalar ustun bo‘lsa, o‘smirlar nutqida yangilikka intilish, jargon, qisqartmalar, kod almashinuvi va norasmiy muloqot shakllari faol kuzatiladi. Kattalar nutqi esa ijtimoiy mas’uliyat, rasmiylik, kasbiy terminologiya va mantiqiy izchillik bilan ajralib turadi. Keksa yosh vakillari nutqida esa an’anaviy birliklar, maqol-matal, qadimiyroq leksik qatlam va hayotiy tajribaga asoslangan baholovchi ifodalar ko‘proq uchraydi. Maqolada yoshga xos nutqiy belgilar, ularning shakllanish omillari va ijtimoiy-kommunikativ vazifalari tahlil qilinadi.