O‘ZBEK XALQ ERTAKLARIDA IRQIM VA IRIM-SIRIMLAR BILAN BOG‘LIQ NUTQIY JANRLARNING PRAGMATIK TAHLILI

Authors

  • Xidirova Mahfuza Author
  • Boboqulov Shokirjon Toirjon o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: irim-sirim, irqim, nutqiy janr, pragmatika, ertak, ogohlantirish, duo, qarg‘ish, taqiq, xalq og‘zaki ijodi.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek xalq ertaklarida uchraydigan irqim va irim-sirim bilan bog‘liq nutqiy janrlarning pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy e’tibori ertak matnida berilgan ogohlantirish, duo, qarg‘ish, alqov, taqiq, sehrli chaqiriq va bashorat shaklidagi gaplarga qaratiladi. Bunday birliklar oddiy gap sifatida emas, balki tinglovchining fikri, his-tuyg‘usi va harakatiga ta’sir qiluvchi nutqiy harakat sifatida ko‘riladi. Maqolada “Zumrad va Qimmat”, “Yoriltosh”, “Uch og‘a-ini botirlar” kabi xalq ertaklaridan olingan qisqa ko‘chirmalar asosida tahlil olib boriladi. Tahlilda pragmatik tahlil, kontekstual tahlil, nutq aktlari tahlili, tasviriy usul va folklor matnini talqin qilish usullaridan foydalaniladi. Natijada irim-sirimga oid nutqiy janrlar ertakda faqat eski ishonch belgisi emas, balki axloqiy tarbiya, ijtimoiy nazorat, xavfdan ogohlantirish va qahramon xarakterini ochish vositasi ekani ko‘rsatiladi. Maqolaning yangiligi shundaki, ertaklardagi irim-sirim birliklari alohida leksik birlik sifatida emas, balki muloqot vazifasini bajaruvchi nutqiy janr sifatida o‘rganiladi.

Published

2026-06-10