BUGUNGI O‘ZBEK DRAMATURGIYASIDA SATIRA VA PSIXOLOGIZM: ERKIN A’ZAMNING “FARROSH KAMPIRNING TUSHI” DRAMASI TAHLILI

Authors

  • Umbarova Madina Bahodir qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: dramaturgiya, zamonaviy adabiy jarayon, psixologizm, satira, badiiy konflikt, tush motivi, qahramon ruhiyati, ma’naviy qadriyatlar, inson va jamiyat, Erkin A’zam, Farrosh kampirning tushi, o‘zbek dramaturgiyasi., Keywords: drama, contemporary literary process, psychologism, satire, artistic conflict, dream motif, character psychology, moral values, individual and society, Erkin A’zam, Farrosh kampirning tushi, Uzbek dramaturgy.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur maqolada bugungi adabiy jarayonda dramaturgiyaning o‘rni va rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Zamonaviy dramaturgiyada psixologizm, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unligi hamda konflikt masalalarining badiiy talqini yoritiladi. Shuningdek, Erkin A’zam dramaturgiyasining o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, satira va psixologik tahlil masalalari Farrosh kampirning tushi dramasi misolida tadqiq etiladi. Asardagi qahramonlar tizimi, tush motivining badiiy vazifasi hamda inson ruhiyatini ochib berishdagi o‘rni tahlil qilinib, drama orqali jamiyatdagi ma’naviy muammolar va insoniy qadriyatlar yoritilganligi asoslab beriladi.

Annotation. This article analyzes the role and development trends of drama in the contemporary literary process. Particular attention is paid to psychologism, the harmony of national and universal values, and the artistic interpretation of conflict in modern drama. The study also examines the distinctive features of the dramaturgy of Erkin A’zam, focusing on satire and psychological analysis through the example of the drama Farrosh kampirning tushi. The article explores the system of characters, the artistic function of the dream motif, and its role in revealing the inner world of the characters. It further demonstrates how the drama reflects moral issues in society and highlights important human values.

Published

2026-06-10