XURSHID DO'STMUHAMMAD HIKOYALARIDA RAMZIY OBRAZLAR IFODASI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Xurshid Do‘stmuhammad, hikoya, ramziy obraz, ramziylik, badiiy talqin, poetika, badiiy tafakkur, obrazlar tizimi, falsafiy mazmun, milliy ruh, adabiy ramz, zamonaviy o‘zbek nasri.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Xurshid Do‘stmuhammad hikoyalarida ramziy obrazlarning badiiy-estetik funksiyasi tahlil qilinadi. Adib asarlarida uchraydigan inson, tabiat, bilan bog‘liq ramziy obrazlarning mazmun-mohiyati hamda ularning g‘oyaviy yukni ifodalashdagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqot jarayonida yozuvchining ramzlardan foydalanish mahorati, qahramonlarning ichki kechinmalarini ochib berishdagi badiiy usullari va milliy tafakkur bilan bog‘liq ramziy tasvirlari tahlil etiladi. Shuningdek, ramziy obrazlar orqali inson va jamiyat, ma’naviyat va borliq, ezgulik va yovuzlik kabi falsafiy masalalarning ifodalanish xususiyatlari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari Xurshid Do‘stmuhammad hikoyalarining poetik xususiyatlarini chuqurroq anglash hamda zamonaviy o‘zbek nasrida ramziylik masalasini o‘rganishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.