MATEMATIK MODELLASHTIRISH VA UNING TABIIY FANLARDAGI QO‘LLANILISHI

Authors

  • Abdurashid Abdullayev Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: matematik modellashtirish, matematik model, tabiiy fanlar, tahlil, differensial tenglamalar, ilmiy tadqiqotlar.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur tezisda matematik modellashtirish tushunchasi, uning asosiy vazifalari hamda uning tabiiy fanlarni o‘rganishdagi ahamiyati qisqacha yoritilgan. Hozirgi kunda fizik, biologik, kimyoviy va ekologik jarayonlarni o‘rganishda matematik modellar keng qo‘llanilmoqda. Matematik modellashtirish ushbu murakkab jarayonlarni soddalashtirilgan ko‘rinishda ifodalash, ularni tahlil qilish va kelajakdagi holatini oldindan bashorat qilish imkonini beradi. Tezisda matematik modellashtirishning tabiiy fanlardagi qo‘llanilishiga oid ayrim misollar keltirilgan hamda uning ilmiy tadqiqotlardagi o‘rni ko‘rsatib berilgan. Natijalar matematik modellashtirishning nafaqat nazariy, balki amaliy masalalarni hal etishda ham muhim vosita ekanligini tasdiqlaydi.

Published

2026-06-10