BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARNI TAYYORLASHDA LIDERLIK SIFATLARINING SHAKLLANGANLIGI KASBIY BARQARORLIK OMILI SIFATIDA

Authors

  • Abdullayeva Gulsanam Author

Abstract

Kirish va dolzarbligi: Zamonaviy dunyoda taʼlim tizimining globallashuvi va raqamli transformatsiyasi boʻlajak oʻqituvchilar kadrlariga nisbatan mutlaqo yangicha ijtimoiy-kasbiy talablarni qoʻymoqda. Bugungi kun maktab oʻqituvchisi nafaqat oʻz fanining nazariy asoslarini yetuk biluvchi mutaxassis, balki dars jarayonida murakkab ijtimoiy-pedagogik muhitni modernizatsiya qila oladigan, talaba-yoshlarni umumiy intellektual maqsadlar sari yetaklay oladigan innovatsion lider boʻlishi lozim. Oliy pedagogik taʼlim jarayonida talabalarda etakchilik va tashkilotchilik salohiyatini shakllantirish shunchaki ixtiyoriy vazifa emas, balki davlat taʼlim standartlaridan kelib chiquvchi ijtimoiy-pedagogik zaruriyatdir.

Published

2026-06-11