ONA TILI MASHG‘ULOTLARIDA MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH

Authors

  • G‘aniyeva Shahnoza Boyqobil qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: ona tili ta’limi, mustaqil ta’lim, mustaqil ish, bilim olish ko‘nikmasi, matn ustida ishlash, ijodiy faoliyat, interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, nazorat va baholash, kompetensiya.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur maqolada ona tili mashg‘ulotlarida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning nazariy asoslari va amaliy yo‘llari yoritilgan. Mustaqil ta’lim shaxsning o‘z bilim faoliyatini rejalashtirish, axborot manbalari bilan ishlash, olingan bilimlarni tahlil qilish va amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantiruvchi muhim omil sifatida talqin etiladi. Maqolada mustaqil ishlarning turlari (lug‘atlar va manbalar bilan ishlash, matn tahlili, ijodiy ish, taqdimot va loyiha tayyorlash, test va mashqlar bajarish), ularni tashkil etish bosqichlari, o‘qituvchining yo‘naltiruvchi roli hamda nazorat va baholash usullari tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va elektron ta’lim resurslaridan mustaqil ta’limda foydalanish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Texnikum talabalari bilan olib borilgan amaliy tajriba asosida mustaqil ta’limni samarali tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berilgan.

Published

2026-06-12