ZAMONAVIY KASBIY TA’LIM
Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy kasbiy fanlarning ta’lim tizimidagi ahamiyati, ularni o‘qitishning innovatsion usullari hamda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, kasbiy ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, interfaol metodlarni qo‘llash va amaliy mashg‘ulotlarning samaradorligi tahlil qilingan. Zamonaviy kasbiy fanlar orqali o‘quvchilarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalari, mustaqil fikrlashi va kasbiy mahoratini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada bugungi mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh va malakali mutaxassislarni tayyorlashning dolzarb jihatlari ochib berilgan.
Downloads
Published
2026-06-13
Issue
Section
Articles