MATEMATIKA FANLAR ICHRA SHOH, UNING SIRLARIDAN BO‘LAYLIK OGOH

Authors

  • Oribjanov Otabek Author

Abstract

   Matematika qadim zamonlardan buyon insoniyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri bo‘lib kelgan. U fanlar ichida alohida o‘rin egallagani uchun ham “fanlar shohi” deb e’tirof etiladi. Matematika nafaqat sonlar va formulalar yig‘indisi, balki mantiqiy fikrlash, tahlil qilish va muammolarni hal etish san’atidir.
   Bugungi kunda matematikaning ahamiyati yanada ortib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar, kompyuter dasturlari, sun’iy intellekt, iqtisodiyot va muhandislik sohalarining rivojlanishi matematik bilimlarga tayanadi. Kundalik hayotimizda ham matematikasiz biror ishni tasavvur qilish qiyin. Xarid qilish, vaqtni rejalashtirish, masofa va tezlikni hisoblash kabi oddiy jarayonlarning barchasi matematika bilan bog‘liq.

Published

2026-06-13