MAVZU:RAQAMLI TO‘LOV TIZIMLARINING IQTISODIY BARQARORLIKKA TA’SIRI

Authors

  • Ibragimova Dilobar Turobovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamli to‘lov tizimi, iqtisodiy barqarorlik, moliyaviy inklyuziya, elektron bank, Fintex, innovatsiya, shaffoflik, O‘zbekiston.

Abstract

Annotatsiya.Ushbu maqolada raqamli to‘lov tizimlarining O‘zbekiston iqtisodiy barqarorligiga ta’siri tahlil qilingan. So‘nggi yillarda mamlakatda elektron to‘lov infratuzilmasining rivojlanishi naqd pul aylanmasining qisqarishiga, soliq tushumlarining oshishiga hamda moliyaviy oqimlarning shaffoflashuviga olib keldi. Tadqiqot davomida Markaziy bank va Raqamli texnologiyalar vazirligining statistik ma’lumotlari asosida 2020–2024-yillarda elektron to‘lov hajmining o‘sish dinamikasi va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri o‘rganildi. Maqolada iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda raqamli to‘lov tizimlarining o‘rni, afzalliklari, mavjud muammolar hamda ularni takomillashtirish yo‘nalishlari asoslab berilgan.

Published

2025-10-24