XALQARO VALYUTA TIZIMI EVOLYUTSIYASI
Keywords:
Kalit soʻzlar: iqtisodiyot, valyuta, davlat, moliya, moliyaviy oqimlar, xavfsizlik, pul, savdo.Abstract
Annotatsiya: Xalqaro valyuta tizimi evolyutsiyasi insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyoti, iqtisodiy va savdo munosabatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan murakkab va ko‘p bosqichli jarayondir. Dastlabki iqtisodiy aloqalar zamonidan boshlab, davlatlar o‘zaro savdo-sotiqni yengillashtirish, moliyaviy xavfsizlik va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida turli valyuta tizimlarini shakllantira boshlagan. Valyutalar qadimdan mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda markaziy o‘rin tutib kelgan. Ularning asosiy vazifasi to‘lov operatsiyalarini muvofiqlashtirish, mamlakatlar o‘rtasidagi savdo va moliyaviy oqimlarni soddalashtirishdan iborat bo‘lgan. Shu tariqa, xalqaro valyuta tizimining shakllanish va taraqqiyot bosqichlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bularni bir necha asosiy davrlar asosida tahlil qilish mumkin. Ushbu tezisda Xalqaro valyuta tizimi evolyutsiyasi haqida ma'lumotlar berilgan.