NUTQ TA’SIRCHALIGINI OSHIRISHDA LINGVOKREATIVLIK VA UNING AHAMIYATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: lingvokreativlik, nutq ta’sirchanligi, ijodiy tafakkur, kommunikativ kompetensiya, raqamli texnologiyalar, ta’lim jarayoni, o‘zbek tili, zamonaviy kommunikatsiya.Abstract
Mazkur maqolada nutq ta’sirchanligini oshirishda lingvokreativlikning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Bugungi globallashuv davrida nutq nafaqat axborot yetkazish vositasi, balki shaxsning ijodiy tafakkuri, madaniy saviyasi va kommunikativ kompetensiyasini ifodalovchi muhim ko‘rsatkich sifatida qaralmoqda. Lingvokreativlik bu so‘zlovchining til vositalaridan noodatiy, obrazli va ta’sirchan tarzda foydalanish qobiliyatidir. Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi nutqiy ijodkorlikning amaliy namunalari, ta’lim jarayonida hamda ommaviy axborot vositalarida uning qo‘llanilish holatlari tahlil qilingan. Shuningdek, o‘qituvchilarning nutqiy kreativlikni rivojlantirishdagi roli, raqamli texnologiyalar yordamida ta’sirchan ifoda uslublarini shakllantirish yo‘llari haqida fikr yuritiladi. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi yangiliklar, “Yangi O‘zbekiston – yangi ta’lim” konsepsiyasi hamda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasining nutqiy ijodkorlikni rivojlantirishdagi amaliy ta’siri yoritilgan.