METALLOTERMIK QAYTARISH ORQALI TEXNIK KREMNIY OLISH

Authors

  • Eshmurodov X.E Author
  • Turaev X.X Author
  • Jiyanova S.I Author
  • Suyunov J.R Author

Keywords:

Tayanch so‘zlar: elektr, energiya, kvars, kvarsit, harorat, mineral, kremniy, qaytaruvchi, alyuminiy, magniy,uglerod, elektr pech.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu ilmiy ishda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi “Jerdanak” kvars koni qumidan metallotermik qaytarish usuli orqali texnik kremniy (TK) ajratib olish texnologiyasi oʻrganildi. Kvars qumi dastlab XRD va SEM usullarida tahlil qilinib, tarkibidagi SiO2 miqdori va qoʻshimcha aralashmalar aniqlandi. Qum maydalanish, elanish va kislotali ishlov berish orqali boyitildi. Soʻngra alyuminiy va magniy yordamida 1300°C haroratda 6 soat davomida qaytarish jarayoni olib borildi. Olingan namunalar XRD va SEM yordamida qayta tekshirildi. Natijada magniy bilan qaytarilganda kremniyning tozaligi 97% ga, alyuminiy bilan qaytarilganda esa 83% ga yetganligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari mahalliy xomashyodan yuqori tozalikdagi kremniy olish imkoniyatini koʻrsatdi.

Published

2026-06-22