KARYER BIR CHO‘MICHLI EKSKAVATORLARNING ISH REJIMLARINI OPTIMALLASHTIRISH

Authors

  • Sobirov Tulqin Otamurotovich Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: bosim mexanizmlari, ko‘tarish mexanizmlari, elektr yuritma, ish rejimlari, dvigatel ish zonasi, avtomatik boshqaruv, tarmoq toki.

Abstract

Annotasiya. Ushbu maqolada karyer bir cho‘michli ekskavatorining barcha mexanizmlarini ish rejimini takomillashtirish uchun echim va takliflar berilgan. Karyer bir cho‘michli ekskavatorining mexanizmlaridagi mavjud kamchiliklardan biri bu ko‘tarish mexanizmining ish rejimida bo‘lib, uning ish rejimini avtomatik boshqarish tizimiga o‘tkazish bugungi kunning talabi hisoblanadi. Bir cho‘michli ekskavatorlarning asosiy mexanizmlari bo‘lgan ko‘tarish va bosim doimiy ravishda sezilarli darajada o‘zgarib turadi, bir cho‘michli ekskavatorning ishlaydigan qurilmalari mexanizmlarini birgalikda ishlatish jarayonida ko‘tarish va bosim elektr yuritmalarining yuklamasi keskin oshib ketadi, bu esa valga tushadigan umumiy yuklamani oshiradi. Shu bilan birga tarmoqdan olinadigan elektr energiya quvvatini ko‘proq talab qiladi.

Published

2026-06-22