INTERAKTIV FAOLIYATLAR ORQALI O‘QUVCHILARNING GAPIRISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Authors

  • Ammanova Mashrabxon Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: gapirish ko‘nikmasi, interaktiv faoliyatlar, kommunikativ kompetensiya, kasb-hunar ta’limi, o‘quvchi markazlashgan ta’lim, nutq ravonligi, psixologik to‘siq., Keywords: speaking skills, interactive activities, communicative competence, vocational education, student-centered learning, oral fluency, language anxiety.

Abstract

Ushbu maqolada professional ta’lim tizimida (texnikumlarda) tahsil olayotgan o‘quvchilarning ingliz tilida gapirish (speaking) ko‘nikmalarini interaktiv faoliyatlar orqali rivojlantirishning pedagogik samaradorligi tadqiq etilgan. Zamonaviy til o‘rgatish metodikasida grammatik qoidalarni mexanik yodlashdan ko‘ra muloqotga kirishish qobiliyati birinchi o‘ringa chiqmoqda. Maqolada kommunikativ til o‘qitish (CLT) yondashuvining nazariy asoslari yoritilgan hamda darslarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan rolli o‘yinlar, ma’lumotlar yetishmovchiligi (information gap) va bahs-munozara kabi amaliy metodologiyalar taklif etilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, interaktiv darslar o‘quvchilardagi nutqiy to‘siq (qo‘rquv)ni sezilarli darajada kamaytiradi va og‘zaki nutq ravonligini oshiradi.

This article investigates the pedagogical efficacy of utilizing interactive activities to develop and enhance the English speaking skills of students within the vocational education system (technicums). In modern language teaching, communication is prioritized over rote memorization of grammatical structures. The paper highlights the theoretical underpinnings of communicative language teaching (CLT) and provides concrete methodologies such as role-plays, information-gap activities, and structured debates. The practical results of this research demonstrate that interactive classroom tasks significantly reduce students’ foreign language anxiety, boost cognitive engagement, and foster oral fluency.

Published

2026-06-23