“RAQAMLI PEDAGOGIKADA MODELLASHTIRISH METODIKASINI VIZUALIZATSIYA ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH (PEDAGOGIKA YO`NALISHI MISOLIDA”
Keywords:
Kalit so‘zlar: raqamli pedagogika, modellashtirish, vizualizatsiya, ta’lim texnologiyalari, pedagogik model, raqamli ta’lim, innovatsion metodlar, kompetensiyaviy yondashuv.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada raqamli pedagogika sharoitida modellashtirish metodikasini vizualizatsiya texnologiyalari asosida takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi pedagogik jarayonlarni tashkil etishning yangi usullarini ishlab chiqishni talab qilmoqda. Tadqiqot davomida pedagogika yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan modellashtirish metodikasining nazariy asoslari, vizual ta’lim vositalarining didaktik imkoniyatlari hamda ularning ta’lim samaradorligiga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalari vizualizatsiyaga asoslangan modellashtirish metodikasi talabalarning mustaqil fikrlashi, kasbiy kompetensiyalari va raqamli savodxonligini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi.