IJRO ETUVCHI HOKIMIYATNING PARLAMENT OLDIDAGI HISOBDORLIGINI TA'MINLASHNING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY MEXANIZMLARI: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA
Keywords:
Kalit so'zlar: ijro etuvchi hokimiyat; parlament hisobdorligi; interpellyatsiya; ishonchsizlik votumi; Vazirlar Mahkamasi; hokimiyatlar bo'linishi; parlamentar nazorat; konstitutsiyaviy-huquqiy mexanizmlar; qiyosiy konstitutsiyaviy huquq.Abstract
Ushbu maqolada ijro etuvchi hokimiyatning parlament oldidagi hisobdorligini ta'minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy mexanizmlari milliy va qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil etilgan. O'zbekiston Respublikasida ushbu mexanizmlarning huquqiy asoslari — xususan, 2023-yilgi yangi tahrirdagi Konstitutsiya va 2024-yilgi «Vazirlar Mahkamasi to'g'risida»gi Konstitutsiyaviy Qonun doirasidagi normalar — ko'rib chiqilgan. Buyuk Britaniya, Germaniya va Hindiston parlamentar tizimlari qiyosiy tahlil qilinib, ulardan O'zbekiston amaliyoti uchun implementatsiya imkoniyatlari belgilangan. Maqolada parlament hisobdorligining to'rtta asosiy mexanizmi — hisobot berish, deputatlar so'rovi, komitetlar nazorati va ishonchsizlik votumi — tahlil etilgan hamda O'zbekistonda ushbu mexanizmlarni takomillashtirish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.