GAZLARNI HAVO YORDAMIDA SOVITIB FRAKSIYALARGA AJRATISH TEXNOLOGIYASINING ILMIY ASOSLARI VA SANOATDAGI QO‘LLANILISHI
Keywords:
Kalit so'zlar: atmosfera havosi, kriogen texnologiya, gazlarni fraksiyalash, Joule–Tomson effekti, Linde sikli, Claude sikli, rektifikatsiya, issiqlik almashinish, kislorod, azot, argon., Ключевые слова: атмосферный воздух, криогенная технология, ректификация, кислород, азот, аргон, эффект Джоуля–Томсона, цикл Линде, цикл Клода., Keywords: atmospheric air, cryogenic technology, gas separation, Joule–Thomson effect, Linde cycle, Claude cycle, rectification, oxygen, nitrogen, argon.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada atmosfera havosini kriogen usulda sovitish orqali uning asosiy komponentlari – azot, kislorod va argonni fraksiyalarga ajratish texnologiyasining ilmiy asoslari tahlil qilingan. Gazlarni suyultirish va fraksiyalash jarayonlarining termodinamik qonuniyatlari, Joule–Tomson effekti hamda Linde va Claude sikllarining ishlash prinsiplari yoritilgan. Zamonaviy havo ajratish qurilmalarining texnologik tuzilishi, issiqlik almashinish apparatlarining vazifalari, rektifikatsiya kolonnalarining ishlash mexanizmi hamda energiya sarfini kamaytirishga qaratilgan texnologik yechimlar tahlil etilgan. Shuningdek, kriogen texnologiyalar yordamida olinadigan texnik va yuqori tozalikdagi kislorod, azot hamda argonning metallurgiya, kimyo, tibbiyot, elektronika va oziq-ovqat sanoatidagi qo‘llanilish yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan. Gazlarni havo yordamida sovitib fraksiyalarga ajratishning iqtisodiy samaradorligi, ekologik afzalliklari hamda zamonaviy avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining ahamiyati yoritilgan.
Аннотация: В статье рассмотрены научные основы разделения атмосферного воздуха на азот, кислород и аргон методом криогенного охлаждения. Проанализированы термодинамические закономерности процессов сжижения и ректификации воздуха, эффект Джоуля–Томсона, а также принципы циклов Линде и Клода. Рассмотрены конструкция современных воздухоразделительных установок, процессы теплообмена и ректификации, пути повышения энергетической эффективности и основные области промышленного применения продуктов разделения воздуха.
Abstract: This article discusses the scientific principles of separating atmospheric air into nitrogen, oxygen, and argon by cryogenic cooling. The thermodynamic fundamentals of gas liquefaction and fractional separation, the Joule–Thomson effect, and the operating principles of the Linde and Claude cycles are analyzed. The design of modern air separation units, heat exchange systems, rectification columns, and methods for improving energy efficiency are described. The industrial applications of oxygen, nitrogen, and argon in metallurgy, chemical engineering, medicine, electronics, and the food industry are also discussed.