BOSHLANG'ICH SINF YOSHIDAGI BOLALARDA O‘Z-O‘ZINI REGULYATSIYA QILISH KO‘NIKMASINI "PEDAGOGIK TAYM-AUT" VA VIZUAL-EMOTSIONAL KUNDALIKLAR ORQALI SHAKLLANTIRISH.

Authors

  • Egamberganova Yorqinoy Ollobergan qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: o‘z-o‘zini regulyatsiya qilish, pedagogik taym-aut, vizual-emotsional kundalik, emotsional intellekt, boshlang‘ich ta’lim, refleksiya, innovatsion pedagogika, psixologik barqarorlik, shaxsiy rivojlanish.

Abstract

Annotatsiya:Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarda o‘z-o‘zini regulyatsiya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik asoslari hamda "Pedagogik taym-aut" va vizual-emotsional kundaliklardan foydalanishning amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. O‘quvchilarning emotsiyalarini boshqarish, diqqatni jamlash, o‘z faoliyatini rejalashtirish va baholash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlovchi mazkur innovatsion metodlarning ta’lim sifati hamda shaxsiy rivojlanishga ta’siri yoritilgan. Tadqiqot natijalari mazkur yondashuvlar boshlang‘ich ta’limda emotsional intellektni rivojlantirish, psixologik barqarorlikni ta’minlash va o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini shakllantirishda yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatadi.

Published

2026-06-26