QUYOSH PANELLARI, ULARNING DOLZARBLIGI, VAZIFALARI VA IMKONIYATLARI

Authors

  • Nuryo‘g‘diyev Muhammadyusuf Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: quyosh energiyasi, fotoelektrik panel, qayta tiklanuvchi energiya, elektr energiyasi, ekologiya, energiya samaradorligi, yashil iqtisodiyot, innovatsion texnologiyalar.

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada quyosh panellarining tuzilishi, ishlash prinsipi, zamonaviy energetika tizimidagi o‘rni, iqtisodiy va ekologik afzalliklari hamda kelajakdagi rivojlanish istiqbollari tahlil qilingan. Dunyo miqyosida energiya resurslariga bo‘lgan talabning ortib borishi va an’anaviy yoqilg‘i manbalarining cheklanganligi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Shu nuqtai nazardan, quyosh energiyasi eng istiqbolli va ekologik toza energiya manbalaridan biri hisoblanadi. Maqolada quyosh panellarining texnik tavsifi, samaradorlik ko‘rsatkichlari, iqtisodiy ahamiyati, O‘zbekistonda joriy etilish holati va istiqbollari keng yoritilgan.

Published

2026-06-26