O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUD-HUQUQ ISLOHOTLARINING ZAMONAVIY BOSQICHI

Authors

  • Ulmasov Muhriddin Bobir o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: sud-huquq islohoti, odil sudlov, sud hokimiyati, qonun ustuvorligi, inson huquqlari, sud mustaqilligi, raqamli sud, advokatura, huquqiy davlat, demokratik islohotlar.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining zamonaviy bosqichi, ularning mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlari hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishdagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash, odil sudlov sifatini oshirish, sud tizimini raqamlashtirish, sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini kuchaytirish, advokatura institutini rivojlantirish hamda xalqaro huquqiy standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalalari yoritilgan. Muallif tomonidan sud-huquq islohotlarining davlat va jamiyat taraqqiyotidagi strategik ahamiyati hamda ularning istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari yuzasidan ilmiy xulosalar bayon etilgan.

Published

2026-06-26