VITAMINLARNING ORGANIZMDAGI AHAMIYATI VA GIPOVITAMINOZLAR

Authors

  • Turgʻunova Nargiza Abdugapparovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: vitaminlar, gipovitaminoz, avitaminoz, metabolizm, immunitet, sog‘lom ovqatlanish, mikroelementlar, profilaktika, biologik faol moddalar, salomatlik.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada vitaminlarning inson organizmidagi biologik ahamiyati, ularning modda almashinuvi jarayonlaridagi ishtiroki hamda gipovitaminozlarning kelib chiqish sabablari, klinik belgilari va profilaktikasi tahlil qilindi. Vitaminlar organizmning normal o‘sishi, rivojlanishi, immun tizimining faoliyati, fermentativ reaksiyalar va metabolik jarayonlarning uzluksiz kechishini ta’minlovchi muhim biologik faol moddalar hisoblanadi. Ularning yetishmovchiligi turli organ va tizimlar faoliyatining buzilishiga, mehnat qobiliyatining pasayishiga hamda surunkali kasalliklarning rivojlanish xavfining ortishiga olib keladi. Tadqiqot davomida ilmiy adabiyotlar, zamonaviy klinik tavsiyalar va profilaktik tibbiyotga oid ma'lumotlar tahlil qilindi. Olingan natijalar vitaminlar balansini saqlash, to‘g‘ri ovqatlanish va gipovitaminozlarni erta aniqlash aholi salomatligini mustahkamlashda muhim omil ekanligini ko‘rsatdi.

Published

2026-06-29