O‘ZBEK XALQ OG‘ZAKI IJODIDA DONISHMANDLIK MOTIVLARI

Authors

  • Madraximova Oyazimxon Author
  • Umurzaqova Muslimaxon Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Donishmandlik, xalq og‘zaki ijodi, maqol, ertak, hikmat, doston, ma’naviyat, tajriba, axloq, qadriyat.

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodida donishmandlik motivlarining shakllanishi, mazmun-mohiyati va badiiy funksiyasi tahlil qilinadi. Xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy qatlamlari — maqol, matal, ertak, doston va afsonalarda donishmandlik g‘oyasi milliy tafakkur, axloqiy qadriyatlar hamda ma’naviy tajribaning muhim ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi. Maqol va matallarda xalqning hayotiy tajribasidan kelib chiqqan hikmatli fikrlar mujassam bo‘lib, ular yosh avlodni to‘g‘rilik, sabr, adolat va mehnatsevarlikka undaydi. Donishmand obrazlari — oqsoqol, pir, dono chol yoki donishmand ayol timsolida xalq orzu-intilishlarini ifoda etadi. Maqolada ushbu motivlarning tarbiyaviy, estetik va axloqiy vazifalari, ularning bugungi ma’naviy hayotdagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqot xalq og‘zaki ijodining falsafiy qatlamini ochishga, xalq donoligini milliy o‘zlik bilan bog‘lashga qaratilgan.

Published

2025-10-25