YOG‘LAR VA YURAK-QON TOMIR KASALLIKLARI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK
Keywords:
Kalit so‘zlar: yog‘lar, lipidlar, xolesterin, ateroskleroz, yurak-qon tomir kasalliklari, omega-3, trans yog‘lar, HDL, LDL, profilaktika., Keywords: dietary fats, lipids, cholesterol, atherosclerosis, cardiovascular diseases, omega-3 fatty acids, saturated fats, trans fats, prevention.Abstract
Yurak-qon tomir kasalliklari dunyo bo‘yicha o‘lim va nogironlikning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Ushbu kasalliklarning rivojlanishida irsiy omillar bilan bir qatorda ovqatlanish tartibi, ayniqsa yog‘larning turi va miqdori muhim rol o‘ynaydi. So‘nggi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar yog‘larning organizmga ta'siri bir xil emasligini ko‘rsatmoqda. To‘yingan va trans yog‘larning ortiqcha iste'moli ateroskleroz, gipertoniya hamda yurak ishemik kasalligi rivojlanish xavfini oshirsa, omega-3 va boshqa to‘yinmagan yog‘ kislotalari yurak faoliyatini himoya qiluvchi ta'sirga ega. Ushbu maqolada yog‘larning biologik xususiyatlari, lipid almashinuvi, xolesterin metabolizmi hamda yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liqligi zamonaviy ilmiy ma'lumotlar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, kasalliklarning oldini olishda sog‘lom ovqatlanishning ahamiyati yoritilgan.
Cardiovascular diseases remain the leading cause of mortality worldwide. Dietary fat quality plays a significant role in the development and prevention of these diseases. Scientific evidence indicates that saturated and trans fats increase the risk of atherosclerosis and coronary heart disease, whereas unsaturated fatty acids, particularly omega-3 fatty acids, provide cardioprotective effects. This article reviews the biological functions of dietary fats, lipid metabolism, cholesterol regulation, and their relationship with cardiovascular disorders based on current scientific evidence. Preventive nutritional strategies are also discussed.