KIBERJINOYATCHILIKNING YANGI AVLODI VA UNGA QARSHI HUQUQIY KURASH
Keywords:
kiberjinoyatchilik, raqamli xavfsizlik, sun’iy intellekt, deepfake, ransomware, kriptovalyuta jinoyatlari, buyumlar interneti, kiberxavfsizlik huquqi, Budapesht konventsiyasi, O‘zbekiston qonunchiligi.Abstract
Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar taraqqiyoti bilan bog‘liq holda vujudga kelayotgan kiberjinoyatchilikning yangi avlodi — sun’iy intellektga asoslangan hujumlar, xizmat sifatida taqdim etiladigan to‘lov dasturlari (Ransomware-as-a-Service), deepfake texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan firibgarliklar, kriptovalyuta sohasidagi jinoyatlar hamda “buyumlar interneti” (IoT) tarmoqlariga qaratilgan hujumlar tahlil qilinadi. Ushbu yangi turdagi tahdidlarning huquqiy tabiati, ularning an’anaviy kiberjinoyatlardan farqi, xalqaro va milliy qonunchilikda ularga qarshi kurashning hozirgi holati o‘rganiladi. O‘zbekiston Respublikasining ushbu sohadagi qonunchilik bazasi tahlil qilinib, mavjud bo‘shliqlar aniqlanadi va ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqiladi.