YOSHLARNING TA'LIM, MEHNAT VA TADBIRKORLIK HUQUQLARINING HUQUQIY KAFOLATLARI
Keywords:
Kalit so'zlar: yoshlar, ta'lim huquqi, mehnat huquqi, tadbirkorlik huquqi, huquqiy kafolat, yoshlar siyosati, bandlik, ijtimoiy himoya, huquqiy davlat.Abstract
Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasida yoshlarning ta'lim olish, mehnat qilish va tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqlarining huquqiy kafolatlari tahlil qilingan. Muallif tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati, «Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida»gi qonun hujjatlari, ta'lim, mehnat va tadbirkorlik sohalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar o'rganilgan. Shuningdek, yoshlarning huquqlarini himoya qilishning amaliy mexanizmlari, ularning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari va yoshlar bandligini ta'minlash bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar yoritilgan. Maqola so'ngida ushbu sohadagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar berilgan.