NEMIS TILI DARSLARIDA SUN’IY INTELLEKT VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK VA LINGVODIDAKTIK AHAMIYATI
Abstract
Bugungi kunda sun’iy intellekt texnologiyalari ta’lim tizimining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Ayniqsa, xorijiy tillarni o’qitishda ushbu texnologiyalarning qo’llanilishi ta’lim mazmuni va metodikasini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish imkonini bermoqda. Nemis tili grammatik tuzilishining murakkabligi, lug’at boyligi va kommunikativ xususiyatlari sababli uni o’qitishda zamonaviy pedagogik vositalardan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi.Sun’iy intellekt vositalari o’quvchilarning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda mashqlar yaratish, xatolarni tahlil qilish, tezkor fikr-mulohaza bildirish va interaktiv o’quv muhitini shakllantirish imkonini beradi. Bu esa o’qitish samaradorligini oshirib, o’quvchilarning mustaqil ta’lim olish ko’nikmalarini rivojlantiradi.