ERKIN KURASH VA SAMBO SPORT TURLARI O‘RTASIDAGI USLUBIY VA METODIK BOG‘LIQLIKLAR TAHLILI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Erkin kurash, Sambo, uslubiy va metodik bog‘liqliklar, tayyorgarlik o‘xshashliklar va yondashuvlar, o‘quv-mashg‘ulot jarayoni hamda sportchilarning jismoniy va psixologik tayyorgarligi.Abstract
Ushbu maqolada erkin kurash va sambo sport turlari o‘rtasidagi uslubiy va metodik bog‘liqliklar kompleks tahlil qilinib, ularning tarixiy rivojlanishi, nazariy asoslari va texnik jihatdan o‘xshashlik hamda farqlari ilmiy asosda yoritiladi. Erkin kurash va sambo turlari sportchilari uchun zarur bo‘lgan jismoniy va psixologik tayyorgarlikning o‘zaro bog‘liqligi hamda mashg‘ulot usullari va metodik yondashuvlar tadqiq etildi. Maqola ushbu sport turlarining o‘quv-mashg‘ulot jarayonini samarali tashkil etish, murabbiylar va sport mutaxassislari uchun innovatsion metodikalar ishlab chiqishda muhim nazariy va amaliyotga yo‘naltirilgan axborot manbai sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada erkin kurash va sambo sport turlari o‘rtasidagi texnik usullar, musobaqa qoidalari va tayyorgarlik rejalari jihatidan o‘zaro ta’sir va integratsiya imkoniyatlari muhokama qilinadi. Bu sport turlari o‘rtasidagi uslubiy va metodik aloqalarni tushunish sportchilarning texnik-mahoratini oshirish va muvaffaqiyatli natijalarga erishishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi.