YUQORI KUCHLANISH MANBALI SANOT ELEKTOSTATIK CHO’KTIRGICHINING TURLI ZARRACHALARNI YIG’ISHDAGI O’RNI
Keywords:
Kalit so’zlar. Elektrostatik cho’ktirish, korona, zarrachalar, yuqori volt kuchlanishli manba.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada sanoat elektrostatik cho‘ktirgichi (ESP) yordamida mayda zarrachalarni ajratib olish samaradorligi bo‘yicha sanoat sharoitida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Tajribalar elektrostatik cho‘ktirgich (ESP) va matoli filtr (FF) birlashtirilgan gibrid tizimda amalga oshirilgan. Sinov davomida gaz oqimi sarfi, kiruvchi gazdagi massa konsentratsiyasi, gazning harorati va ESP plastinkalari orasidagi masofa mos ravishda 20,000–40,000 Nm³/soat, 15 g/Nm³, 110 °C hamda 400 mm ni tashkil etgan. ESPning maxsus yig‘ish yuzasi (specific collection area) 10 dan 20 m²/m³/s oralig‘ida bo‘lgan. Qurilma bir fazali va uch fazali transformator-to‘g‘rilagichlar orqali quvvatlantirilgan. Bir fazali TR dan uch fazali TR ga o‘tilganda, ikkilamchi o‘rtacha kuchlanish 55 kV dan 71 kV gacha, toki esa 31 mA dan 62 mA gacha oshgan. Bularning barchasi chaqnash (spark breakdown) holatisiz amalga oshgan.