OʻSIMLIKLARNING EKOLOGIK FUNKSIYASI VA ATMOSFERA HAVOSINI TOZALASHDAGI ROLI.

Authors

  • Murodova Xilola Umarqulovna Author
  • Davronova Mohlaroyim Vahob qizi Author

Keywords:

KALIT SOʻZLAR: fotosintez, oziq zanjiri, deforestatsiya, urbanizatsiya, infratuzilma, invaziv, biosfera, atmosfera, iqlimregulyatsion, absorbsiya, fitonsid.

Abstract

ANNOTASIYA: Oʻsimliklarning asosiy ekologik funksiyalari juda xilma-xil hisoblanadi. Jumladan: 1. Atmosferani O2 bilan taminlash (Fotosintez), 2. CO2 ni yutish, 3. Tuproqni mustahkamlash va eroziyadan himoya qilish, 4.Suv aylanishida ishtirok etish, 5. Biologik xilma-xillikni qoʻllab-quvvatlash, 6. Havoni, suvni va tuproqni tozalash kabi funksiyalarni amalga oshiradi. Shuningdek oʻsimliklarning atmosfera havosini tozalashdagi roli ham beqiyos. Masalan: 1.CO2 ni yutadi, 2.O2 ishlab chiqaradi, 3.Changni ushlaydi, 4. Namlik chiqaradi, 5.Issiqlikni soʻradi. Bundan tashqari urbanizatsiya jarayonida oʻsimliklarning ahamiyati juda katta boʻlib, bu jihatlar ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarni qamrab oladi. Ekologik ahamiyatini misol qilib oladigan boʻlsak, havoni tozalaydi, shovqinni kamaytiradi, mikroiqlimni tartibga soladi va yer eroziyasini oldini oladi. Iqtisodiy ahamiyatiga keladigan boʻlsak, koʻchmas mulk qiymatini oshiradi, turizm va dam olish infratuzilmasini rivojlantiradi. Ijtimoiy va sogʻlik uchun foydasida esa, ruhiy holatni yaxshilaydi, jismoniy faollikni oshiradi, salomatlikni mustahkamlaydi. Ammo oʻsimliklarning kamayib ketishi turli xil salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu oqibatlar juda jiddiy ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarga sabab boʻladi. Masalan: atrof-muhitni ifloslantiradi,iqlim oʻzgarishini tezlashtiradi, inson salomatligi va turmush darajasiga salbiy taʼsir koʻrsatadi, butun ekotizmni ishdan chiqaradi.

Published

2025-10-26