FOIZ STAVKALARI TURLARI VA ULARNING IQTISODIYOTGA TA’SIRI
Keywords:
Kalit so’zlar:foiz stavkasi, inflyatsiya, investitsiya, iqtisodiy o‘sish, pul-kredit siyosati.Abstract
Annotatsiya.Mazkur maqolada foiz stavkalari tushunchasi, ularning asosiy turlari hamda iqtisodiyotga ta’siri tahlil qilinadi. Foiz stavkalarining o‘zgarishi investitsiyalar, iste’mol, inflyatsiya va iqtisodiy o‘sishga qanday ta’sir ko‘rsatishi misollar asosida yoritilgan.Foiz stavkasi moliyaviy bozorlarda asosiy narx ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanib, u kredit va depozit operatsiyalari, investitsion faoliyat hamda pul-kredit siyosati orqali iqtisodiyotga keng ko‘lamda ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada foiz stavkalarining shakllanish mexanizmi, ularning qat’iy (fiks), o‘zgaruvchan (float), oddiy va murakkab shakllari, shuningdek, nominal, real va effektiv stavkalar kabi ko‘rinishlari tahlil qilingan. Shuningdek, Markaziy bank stavkalari, bozor stavkalari va kredit/omonalarga oid foiz stavkalari o‘rtasidagi farqlar ham yoritilgan.