OSTEOPOROZ – SUYAK TO‘QIMALARINING DEGENERATIV KASALLIGI
Abstract
Mavzuning dolzarbligi: Osteoporoz — bu suyak massasining kamayishi, suyak mikroarxitekturasi buzilishi va natijada suyakning mo‘rtlashuvi bilan kechuvchi surunkali degenerativ kasallikdir. U harakat apparatining eng keng tarqalgan patologiyalaridan biri bo‘lib, asosan keksalar orasida uchraydi.Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) osteoporozni “yashirin epidemiya” deb ataydi, chunki u dastlab simptomlarsiz kechadi va asosan suyak sinishlaridan keyingina aniqlanadi. Statistikalarga ko‘ra, 50 yoshdan oshgan har uchinchi ayol va har beshinchi erkakda osteoporoz yoki unga bog‘liq sinishlar uchraydi.Osteoporozning dolzarbligi shundaki, u nogironlik, og‘riq sindromi va hayot sifatining pasayishiga olib keladi. Bu esa jamiyat uchun ham, sog‘liqni saqlash tizimi uchun ham katta iqtisodiy yukdir.