TURMUSH QURAYOTGAN TALABALARNI OILAVIY MUNOSABATLARGA TAYYORLASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Oila psixologiyasi, turmush qurayotgan talabalar, tayyorgarlik, ijtimoiy-psixologik omillar, hissiy barqarorlik, kommunikativ kompetensiya, shaxslararo munosabat, qadriyatlar tizimi, mas’uliyat, konfliktologiya.Abstract
Mazkur maqolada turmush qurayotgan talabalarning oilaviy munosabatlarga tayyorlik darajasi va uning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda shaxsning o‘zaro munosabatlarni idrok etish, rollarni taqsimlash, konfliktlarni hal etish, hissiy barqarorlik va mas’uliyatlilik kabi sifatlari oilaviy hayotda muvaffaqiyat garovi ekanligi asoslab berilgan. Oila psixologiyasi, yoshlar sotsiologiyasi va shaxs rivojlanish psixologiyasi yondashuvlari asosida talabalar davrida shakllanadigan psixologik va ijtimoiy tayyorgarlik omillari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, oilaviy hayotga tayyorgarlik — bu nafaqat bilim va qadriyat tizimini shakllantirish, balki hissiy-intellektual yetuklikni ta’minlovchi ijtimoiy-psixologik jarayondir.