NODAVLAT TA’LIM MUASSASALARIDA RAQAMLI TA’LIM MUHITINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: raqamli ta’lim, nodavlat ta’lim muassasalari, raqamli muhit, masofaviy ta’lim, raqamli kompetensiya, gibrid o‘qitish, innovatsion texnologiyalar, ta’lim sifati.Abstract
Mazkur maqolada nodavlat ta’lim muassasalarida raqamli ta’lim muhitini shakllantirishning o‘ziga xos jihatlari, uning ta’lim sifati va samaradorligiga ta’siri tahlil etilgan. Raqamli texnologiyalar asosida o‘quv jarayonini tashkil etish, masofaviy va gibrid o‘qitish shakllarining afzalliklari, shuningdek, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro muloqotning yangi formatlari yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish, o‘quvchilarni mustaqil o‘qishga yo‘naltirish va raqamli ta’lim vositalarining psixologik-pedagogik jihatlari tahlil qilinadi. Natijada, nodavlat ta’lim muassasalarida raqamli muhitni samarali joriy etish uchun zarur shart-sharoitlar va mexanizmlar ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar ilgari surilgan.