TA’LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK METODLAR VA ULARNI SAMARALI QO‘LLASHNING NAZARIY-AMALIY ASOSLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: ta’lim jarayoni, pedagogik metodlar, samarali qo‘llash, nazariy asoslar, amaliy asoslar, innovatsion texnologiyalar, interaktiv o‘qitish, dars dizayni, ilg‘or tajriba, o‘qitish usullari.Abstract
Annotatsiya: Ta’lim tizimining mukammalligi, avvalo, pedagogik jarayonni ilmiy asosda tashkil etish va amalga oshirish bilan bog‘liq. Pedagogik metodlar esa bu jarayonda markaziy o‘rin tutadi va ta’lim sifatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonida pedagogik metodlarni nazariy va amaliy asoslarda chuqur o‘rganish, ularni ijtimoiy va madaniy konteksda to‘g‘ri va samarali qo‘llash zarurati ortib bormoqda. Zamonaviy ta’limning asosiy tendensiyalaridan biri sifatida individual hamda ilg‘or yondashuvlarga asoslangan o‘qitish jarayonini tashkil etish xalqaro amaliyotda ham, milliy ta’lim tizimida ham ustuvor yo‘nalish sifatida qaralmoqda.
Downloads
Published
2025-11-02
Issue
Section
Articles