KORXONALARDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH BOSHQARUV TIZIMINING MOHIYATI VA AHAMIYATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: mehnatni muhofaza qilish, boshqaruv tizimi, xavfsizlik madaniyati, ISO 45001, iqtisodiy samaradorlik, rahbariyat mas’uliyati.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada korxonalarda mehnatni muhofaza qilish boshqaruv tizimining mohiyati, tuzilmasi va ahamiyati tahlil qilinadi. Mehnatni muhofaza qilish boshqaruv tizimi (MMBТ) ishlab chiqarish jarayonida xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish hamda ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar majmuasidir. Maqolada tizimning asosiy elementlari - siyosat, rejalashtirish, nazorat, xavfni baholash va profilaktik choralar ishlab chiqish jarayonlari yoritilgan. Maqolada, shuningdek, xalqaro mehnat standartlari asosida MMBТni joriy etishning afzalliklari, uning korxona iqtisodiy barqarorligi, xodimlar motivatsiyasi va ishlab chiqarish madaniyatiga ijobiy ta’siri ko‘rsatib o‘tilgan.