JAMOAVIY MAS’ULIYATNI OSHIRISH ORQALI XAVFSIZ ISH MUHITINI YARATISH

Authors

  • Abdusamatov Asadbek Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: jamoaviy mas’uliyat, xavfsiz ish muhiti, xavfsizlik madaniyati, korxona samaradorligi, xodimlar motivatsiyasi.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada korxonalarda xavfsiz ish muhitini yaratishda jamoaviy mas’uliyatning roli va ahamiyati tahlil qilinadi. Jamoaviy mas’uliyat - bu xodimlar va rahbariyat o‘rtasida o‘zaro ishonch, hamkorlik va mas’uliyatni ta’minlash orqali xavfsizlikni kuchaytirish tamoyilidir. Tadqiqotda ko‘rsatilishicha, xavfsizlik madaniyatini rivojlantirishda faqat texnik choralarga tayanish yetarli emas; xodimlarning o‘zini va boshqalarni himoya qilishga mas’uliyat bilan yondashishi muhimdir. Maqolada jamoaviy yondashuv orqali xavf omillarini aniqlash, xodimlar o‘rtasida bilim va tajriba almashinuvi, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni rag‘batlantirish jarayonlari ko‘rib chiqilgan.

Published

2025-11-05