ICHKI ISHLAR HODIMLARI XIZMAT FAOLIYATIDA YUZAGA KELADIGAN PSIXOLOGIK ZO‘RIQISH VA UNI BARTARAF ETISH USULLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: psixologik zo‘riqish, ichki ishlar xodimi, stress, emotsional charchoq, profilaktika, psixologik yordam, motivatsiya, stressga bardoshlilik., Keywords: psychological stress, internal affairs officer, stress, emotional exhaustion, prevention, psychological support, motivation, stress tolerance., Ключевые слова: психологический стресс, сотрудник органов внутренних дел, стресс, эмоциональное истощение, профилактика, психологическая поддержка, мотивация, стрессоустойчивость.Abstract
Mazkur maqolada ichki ishlar hodimlari xizmat faoliyatida yuzaga keladigan psixologik zo‘riqish holatlari, ularning kelib chiqish sabablari, oqibatlari hamda ularni bartaraf etishning zamonaviy usullari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Xizmat faoliyati insonning ruhiy barqarorligini, hissiy muvozanatini, irodaviy tayyorgarligini va stressga bardoshliligini talab etadi. Ichki ishlar organlari xodimlari kundalik faoliyatida yuqori mas’uliyat, jismoniy zo‘riqish, xavf, insonlar bilan murakkab muloqot va nizoli vaziyatlarga duch keladilar. Bu esa ularning ruhiy holatida charchoq, stress, xavotir, agressiya yoki hissiy sovuqlik kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Ichki ishlar tizimida uchraydigan psixologik zo‘riqish omillari — mehnat sharoitining o‘ziga xosligi, xizmat intizomi, doimiy xavf hissi, tungi navbatchilik, oilaviy vaqtning cheklanganligi, ijtimoiy bosim kabi omillar chuqur tahlil qilinadi. Zamonaviy psixologiyada taklif etilgan stressni boshqarish usullari — autogen mashqlar, kognitiv-terapevtik yondashuvlar, emotsional bo‘shanish texnikalari, jamoaviy psixologik treninglar va professional psixologik yordamning o‘rni yoritilgan.
This article scientifically analyzes the psychological stress that occurs in the service of internal affairs officers, their causes, consequences, and modern methods of eliminating them. Service requires a person's mental stability, emotional balance, willpower, and stress tolerance. In their daily work, internal affairs officers face high responsibility, physical exertion, danger, complex communication with people, and conflict situations. This causes fatigue, stress, anxiety, aggression, or emotional coldness in their mental state. The factors of psychological stress encountered in the internal affairs system are analyzed in depth - the specificity of working conditions, service discipline, a constant sense of danger, night duty, limited family time, and social pressure. The stress management methods proposed in modern psychology are highlighted - autogenic exercises, cognitive-therapeutic approaches, emotional relaxation techniques, group psychological training, and the role of professional psychological assistance.
В статье научно анализируется психологический стресс, возникающий при службе сотрудников органов внутренних дел, его причины, последствия и современные методы его устранения. Служба требует от человека психической устойчивости, эмоционального равновесия, силы воли и стрессоустойчивости. В своей повседневной работе сотрудники органов внутренних дел сталкиваются с высокой ответственностью, физическими нагрузками, опасностью, сложным общением с людьми и конфликтными ситуациями. Это вызывает у них усталость, стресс, тревожность, агрессию или эмоциональную холодность. Подробно анализируются факторы психологического стресса, встречающиеся в системе органов внутренних дел: специфика условий труда, служебная дисциплина, постоянное чувство опасности, ночные дежурства, ограниченное время с семьей, социальное давление. Освещены методы борьбы со стрессом, предлагаемые современной психологией: аутогенная гимнастика, когнитивно-терапевтические подходы, методы эмоциональной релаксации, групповые психологические тренинги, а также роль профессиональной психологической помощи.