ZAMONAVIY TIBBIYOTDA VITAMINLARNING ORGANIZMDAGI ROLI VA VITAMIN PREPARATLARI

Authors

  • Sayfiyeva Dilnoza Shokir qizi Author
  • Xolboyeva Xumora Orifjon qizi Author

Keywords:

Vitaminlar, vitamin preparatlari, gipovitaminoz, avitaminoz, suvda eruvchi vitaminlar, yog‘da eruvchi vitaminlar, farmatsevtika, metabolizm, immunitet.

Abstract

Ushbu maqolada vitaminlarning inson organizmidagi biologik ahamiyati, ularning yetishmovchiligi oqibatlari hamda farmatsevtik amaliyotda qo‘llaniladigan vitamin preparatlari haqida so‘z yuritiladi. Vitaminlar organizmning normal hayot faoliyatini ta’minlovchi muhim biokimyoviy birikmalar bo‘lib, ular moddalar almashinuvi, immun tizimi, asab va yurak-qon tomir tizimlarining faoliyatida beqiyos rol o‘ynaydi. Maqolada suvda va yog‘da eruvchi vitaminlarning turlari, ularning fiziologik vazifalari, shuningdek, farmatsevtik shakllarda ishlab chiqilishi va ularni to‘g‘ri qabul qilishning ahamiyati tahlil qilinadi.

Published

2025-11-12