O`ZBEKISTON FARMATSEVTIKA SANOATIDA YASHIL TEXNOLOGIYALARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH VA JORIY ETISH
Abstract
Dolzarbligi: Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida ko‘plab farmatsevtika tashkilotlari dorivor o‘simliklarning faqat ayrim qismlaridan foydalanib, qolgan qismlarini yaroqsiz chiqindi sifatida tashlab yubormoqda. Bu holat, bir tomondan, atrof-muhitning ifloslanishiga va tabiiy resurslarning isrofgarchiligiga olib kelmoqda, ikkinchi tomondan esa chiqindilar hajmini oshirib, ekologik muvozanatga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Natijada ayrim dorivor o‘simlik turlarining populyatsiyasi kamayish xavfi ostida qolmoqda. Shu sababli dorivor o‘simliklardan kompleks va oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirish bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi. Mazkur yondashuv farmatsevtika sanoatida yashil texnologiyalarni joriy etish va innovatsion ishlab chiqarish jarayonlarini yo‘lga qo‘yishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.