SUN’IY INTELLEKTNING INSON TAFAKKURIGA TA’SIRI: IMKONIYAT VA XAVFLAR

Authors

  • Jurakulova Mexribon Abdumajid qizi Author
  • M.X.Karaxodjayeva Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, texnologiya, ta’lim, ishlab chiqarish, ommaviy axborot vositalari, tezkorlik, qulaylik, mustaqillik, qobiliyat, imkoniyat.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu tezisda sun’iy intellektning inson tafakkuriga ko‘rsatadigan ijobiy va salbiy ta’sirlari o‘rganilgan. Ishning maqsadi — zamonaviy (SI) texnologiyalarining insonning qaror qabul qilish, fikrlash va ijodiy faoliyatiga ta’sirini tahlil qilish va muvozanatli yondashuv yo‘llarini aniqlashdir. Tadqiqot jarayonida ilmiy adabiyotlar tahlili, so‘rovnomalar va statistik kuzatuv metodlari qo‘llangan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, SI inson tafakkurini rivojlantirishda katta imkoniyat yaratadi, ammo undan oqilona foydalanilmasa, tafakkur faoliyati susayishi mumkin [1]. Shuning uchun sun’iy intellektni to‘g‘ri yo‘naltirish va inson tafakkurini saqlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Hamda ushbu tezis yosh tadqiqotchilar uchun tushunarli shaklda yozilgan.

Published

2025-11-13