INFORMATIKA FANINI OʻQITISHNING QIZIQTIRUVCHI VA INTERFAOL USULLARI. MUSTAQIL TAʼLIMNI TASHKIL QILISH MEXANIZMLARI VA OʻQUVCHILAR BILIMINI NAZORAT QILISH USULLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Informatika fanini o‘qitish, interfaol metodlar, qiziqtiruvchi usullar, o‘yinlashtirish, loyiha asosida o‘qitish, simulyatsiya, mustaqil ta’lim, onlayn platformalar, bilimni nazorat qilish, test, portfolio, “Bilaman – Bilib oldim – Bilishni xohlayman”, “Bumerang” texnologiyasi, “Zinama-zina” metodi, ijodiy fikrlash, axborot texnologiyalari, ta’lim samaradorligi.Abstract
Ushbu maqolada informatika fanini o‘qitishning qiziqtiruvchi va interfaol usullari, mustaqil ta’limni tashkil etish mexanizmlari hamda o‘quvchilar bilimini nazorat qilishning zamonaviy usullari haqida so‘z yuritilgan. Informatika fanini samarali o‘qitish uchun o‘yinlashtirish, loyiha asosida o‘qitish, simulyatsiyalar, amaliy mashg‘ulotlar va hamkorlikdagi o‘qitish kabi interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, mustaqil ta’limni tashkil etishda onlayn platformalar, individual topshiriqlar va ijodiy loyihalarning roli ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada “Bilaman – Bilib oldim – Bilishni xohlayman”, “Bumerang” hamda “Zinama-zina” kabi metodlarning informatika darslarida qo‘llanishi tahlil qilinadi. O‘quvchilar bilimini nazorat qilishda test, amaliy topshiriq, portfolio va o‘zaro baholash tizimlari orqali natijalarni aniqlash yo‘llari keltirilgan. Tadqiqot natijasida interfaol metodlar informatika fanini o‘zlashtirish samaradorligini oshirishi, mustaqil fikrlashni rivojlantirishi va o‘quvchilarning ijodiy faolligini kuchaytirishi isbotlangan.