ISLOM MOLIYASINI O‘ZBEKISTONDA JORIY ETISH TAMOYILLARI

Authors

  • Abdullayev Abdujabbor Author
  • Chirmashev Abdujalil Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Islom moliyasi, ribo, mudaraba, mushoraka, murabaha, sukuk, Islomiy bank, moliya tizimi.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur maqolada Islom moliyasining nazariy asoslari, uning asosiy tamoyillari hamda O‘zbekiston moliya tizimiga joriy etishning dolzarbligi yoritilgan. Islom moliyasi foiz (ribo)ga asoslanmagan, adolat va risklarni teng taqsimlash tamoyillariga tayanuvchi muqobil moliyaviy tizim sifatida iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Maqolada O‘zbekistonda Islom moliya institutlarini rivojlantirish uchun yaratilayotgan huquqiy, institutsional va infratuzilmaviy shart-sharoitlar tahlil qilinadi. Xususan, “Islomiy banklar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi, Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlik, shuningdek, Toshkent xalqaro islom moliya markazini tashkil etish tashabbuslari o‘rganilgan. Shuningdek, Islom moliyasining asosiy mahsulotlari - mudaraba, mushoraka, ijara, murabaha va sukuk kabi vositalarni amaliyotda tatbiq etish imkoniyatlari tahlil etiladi.

Published

2025-11-17